» » Toyloq tumanida barcha umumta'lim maktablari Kundalik.com elektron tizimiga ulandi

Toyloq tumanida barcha umumta'lim maktablari Kundalik.com elektron tizimiga ulandi

Bugungi kunda ko'plab sohalarda axborot texnologiyalari muvaffaqiyatli qo'llanmoqda. Maktablarda kundalik raqamli ta'lim platformasining joriy etilishi ota-onalar va o'qituvchilar orasida ham qiziqish, savollar keltirib chiqardi.
Bugun tuman hokimligida respublika hududiy trenerlari tomonidan kundalik.com platformasining afzalligi, qulayligi bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi. Elektron kundalik onlayn rejimda maktabdagi barcha voqealar va baholardan xabardor bo'lish, sinf rahbarlari va boshqa o'qituvchilar bilan aloqani ushlab turish hamda bolaga ta'lim jarayonidagi imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi. O'qituvchilarni qog'oz jurnallarni to'ldirish va hisobotlarni qo'lda yozishga ketadigan vaqtlarini iqtisod qilish bilan birga ota-onalar va maktab orasida elektron hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko'tarishga xizmat qiladi.

комментариев