» » TIBBIYOT MASKANIDA SALOMATLIK AKSIYASI

TIBBIYOT MASKANIDA SALOMATLIK AKSIYASI

    O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Toyloq tuman kengashi  tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida salomatlik aksiyasi  o‘tkazildi. Tibbiyot xodimlari ishtirok etgan va ochiq suhbat tarzida kechgan  anjumanda Prezidentimizning xalq salomatligi mustahkamlash yo‘lida olib borayotgan ezgu  ishlari va O‘z XDPning bu boradagi  siyosati  kabi masalalar diqqat markazida bo‘ldi. Tadbirda  O‘z  XDP Samarqand viloyat kengashi raisi Badriddin Nasriyev  qatnashdi va yig‘ilganlarni qiziqtirgan  savollariga javob qaytardi. Aksiya yakunida faol ishtirokchilarga  esdalik sovg‘alari berildi.

Qahhor NIZOMOV,
O‘zXDP Toyloq tuman kengashi raisi.

комментариев