👥 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
🎓 Uchrashuv davomida talaba-yoshlarning ta’lim olish jarayoni, ularning ilmiy va ijtimoiy tashabbuslari, bandlik masalalari hamda kelajakdagi reja va maqsadlari haqida atroflicha fikr almashildi. Tadbir yoshlarning fikr-mulohazalarini tinglash, ularning muammolari va takliflariga e’tibor qaratish maqsadida tashkil etildi.👮♂️ Toyloq tumani hokimi talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning savollari, takliflari va tashabbuslarini diqqat bilan tingladi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Toyloq tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, yangi loyihalar hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
💬 Uchrashuv jarayonida talabalar tomonidan ta’lim sifati, amaliyot imkoniyatlari, yoshlar bandligi, startap g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududiy rivojlanishga oid qator savollar va takliflar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan fikr almashilib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🤝 Tadbir yakunida yoshlarning faolligi, tashabbuskorligi va yangi g‘oyalari jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va kelajakdagi faoliyatiga keng imkoniyatlar yaratish har doim ustuvor vazifalardan biri ekani qayd etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев