Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan bitiruvchi talabalar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv yosh mutaxassislarning kelajakdagi kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni ish bilan ta’minlash hamda sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat boshlashlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda universitet rektori Jasur Rizayev, tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i Lola Rustamova, tuman hokimi o‘rinbosari J. Radjabov hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida bitiruvchi talabalar uchun tumandagi markaziy shifoxona va hududlardagi tibbiyot muassasalarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi. Mutasaddilar yosh shifokorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ishga joylashish tartibi hamda kasbiy faoliyatni samarali boshlash bo‘yicha tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berildi. Mutasaddilar har bir savolga batafsil javob berib, yosh mutaxassislarning taklif va fikrlarini tingladi.
Mazkur uchrashuv yosh kadrlarni hududlarda ish bilan ta’minlash, tibbiyot sohasiga malakali mutaxassislarni jalb etish hamda talabalarning kelajakdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi ta'kidlandi.Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев