» » Tumanimizda “Keksalar haftaligi” yuqori saviyada o‘tkazildi

Tumanimizda “Keksalar haftaligi” yuqori saviyada o‘tkazildi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-sentabrdagi 816-son qarori va Toyloq tuman hokimining 2021-yil 29-sentabrdagi “Oktabr oyining birinchi haftaligini “Keksalar haftaligi” o‘tkazish” to‘g‘risidagi majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida shu  yilning 7-oktabr kuni tumandagi “Qo‘shchinor” MFYda “Keksalar haftaligi” doirasida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi B. Bobonazarov, tuman prokurori A. Saypiddinov, tuman Davlat Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh. Sharipov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toyloq tuman bo‘linmasi rahbari Z. Avazov va “Qo‘shchinor” MFYda yashovchi 100 ga yaqin nuroniylar qatnashdilar.
Tadbir davomida nuroniylar va yoshlar ishtirokida futbol, shaxmat musobaqalari tashkil etildi. Nuroniylar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan badiiy dastur bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida mahallada yashovchi keksa, kasalmand ikki nafar xonadon sohiblari holidan ham xabar olindi.

комментариев