» » «Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam»

«Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam»

 1-dekabr kuni Toyloq tumanida  tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda bir qator tashkilotlar  hamkorligida 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan «Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi.
Mingdan ortiq fuqaro ishtirokidagi marafonda tuman hokimligi, korxona, tashkilot, muassasalar xodimlari, uyushmagan yoshlar, sportchilar xotin-qizlar, nuroniylar va keng jamoatchilik faol qatnashdi. 
Ishtirokchilar tuman hokimligi binosi oldidan tuman markaziy o‘yingohigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishdi. 
Marraga yetib kelgan marafon qatnashchilari tumanning markaziy o‘yingohida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarida ham ishtirok etishdi. 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Z. Avazov 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni tarixi to‘g‘risida so‘zlab, tadbir ishtirokchilariga sog‘lom hayot tarzini tanlashga chorladi.

комментариев