» » Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmaydi!

Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmaydi!

Toyloq tumanidagi mavjud 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘rtasida "Xavfsiz mahallam" shiori ostida targ‘ibot tashviqot ishlari olib borilmoqda.
 ?Toyloq tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mas’ullari tomonidan hududlarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda.
? Jumladan, tumandagi "O‘ray Elipok", "Vorsin", "Nurli yo`l" hamda "Charog`bon" MFYlarida mahalla raisi, fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan birgalikda “Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmaydi” va "Yoshlarning bo‘sh vaqti - dushmanning ish vaqti" mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.
 ☑️ Xalqimiz osoyishtaligi va yoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan ushbu tadbirda 354 nafardan ortiq fuqarolar qamrab olindi.

комментариев