» » 8-maktab jamoasi 75 million so‘mni qo‘lga kiritdi

8-maktab jamoasi 75 million so‘mni qo‘lga kiritdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "XORIJIY TILLARNI O'QITISH BO'YICHA ENG YAXSHI MAKTAB" tanlovida Toyloq tuman XTBga qarashli  8-umumta’lim  maktabi  jamoasi faol ishtirok etib, faxrli II-o'rinni egalladi hamda 75 000 000 so'm mablag'ni qo'lga kiritdi. Ushbu yutuqni qo'lga kirtishda jonbozlik ko'rsatgan ingiliz tili o'qituvchilari, o'quvchilar va ularning ota-onalari taqdirlandilar.
 O'quvchilardan tashkil topgan 8-maktab jamoasi, Salimova  Dilzoda  7-sinf,  Yusupova  Sug’diyona 8-sinf,  Nishonov  Xumoyun 9-sinf,  Qurbonov  Odiljon 9-sinf, Sunnatullayeva  Dilnura 9-sinf o’quvchilari    so'nggi rusumdagi kompyuter bilan, ingliz tili fani o'qituvchilari, Vosiyev Doston  va  Rashidova Tamaralar 10 000 000 so'mdan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar va o'quvchilarning ota onalariga maktab ma'muriyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi. Tadbir davomida besh muhim tashabbus doirasida ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

комментариев