» » "Bir million dasturchi' loyihasi uchun maktablarga zamonaviy kompyuterlar yetkazilmoqda

"Bir million dasturchi' loyihasi uchun maktablarga zamonaviy kompyuterlar yetkazilmoqda

Muhtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning maktablarda yoshlarni "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida o'qitish yuzasidan bergan topshiriqlariga asosan  maktablarni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta'minlash belgilangan edi.  Mazkur vazifa ijrosini ta'minlash maqsadida Respublika byudjetidan rejalashtirilgan 7 ta sinf komplekt kompyuter texnikalari Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Toyloq tumanidagi maktablarga yetkazib berildi.
Ma'lumot o'rnida, Vazirlar Mahkamasining 716-sonli qaroriga asosan Mahalliy byudjetidan rejalashtirilgan 5 ta sinf komplekt kompyuter texnikalari ham  maktablarga yetkazish choralari ko'rilmoqda. Qo'shaloq bayram deganlaridek tumanimizdagi  14- maktabda zamonaviy kompyuter hamda metematika fani o'qituvchi Berdiyeva Adiba Zaripovnaga "Ozbekiston ta'lim" jurnali tahririyatining qarori asosida "Ta'lim fidokori"  esdalik nishoni bo'lim mudiri tomonidan topshirildi.

комментариев