Qadrli Toyloq tuman yoshlari!


 Sizlarni 27-iyun kuni Toyloq tumani bo'ylab "YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI, BIRLASHAYLIK!" shiori ostida bo‘lib o‘tadigan  bayram festivalida kutib qolamiz.
Festival soat 6:00 da "Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida yurish marafonidan boshlanib 18:00 gacha 29-son musiqa va san'at maktabida "Raqs jilosi" ko‘rik tanlovi, olimpiya zahiralari kolleji va bolalar va o‘smirlar sport maktabida sport musobaqalari, "Yoshlar istirohat bog‘i"da ko‘plab ko‘ngilochar tadbirlar  hamda 18:00 dan 23:00 gacha tuman MARKAZIY O‘YINGOHIDA yakuniy gala konsert dasturi bilan davom etadi.  
Konsertda estradamiz yulduzlari Oybek va Nigora, Ravshan Sobirov, Jasur Mavlonov, Sevinch Mo‘minova  va boshqa shou-biznes vakillari ishtirok etishadi. 
Barchangizni "YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI, BIRLASHAYLIK!" festivalida kutib qolamiz.

комментариев