» » Mag‘rur hilpirayver bayrog‘im!

Mag‘rur hilpirayver bayrog‘im!

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz ham yurt bayrogʻini muqaddas bilib, uni ardoqlaganlar, koʻz qorachigʻidek asraganlar. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, gʻalaba timsoli boʻlgan.
Toyloq tuman 1-son kasb-hunar maktabida 2022-yil 18-noyabr kuni  Oʻzbekiston Respublikasining davlat Bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Unda oʻquvchilar Mustaqillik, bayroq, Vatanni madh etuvchi sheʼr va qoʻshiqlar aytib, sahna koʻrinishlari namoyish etishdi.
Bunday tadbirlar yosh avlodni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
M. TURSUNOVA,
1-son kasb-hunar maktabi yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari.

комментариев