» » TOYLOQLIK O‘QITUVCHINING MAQOLASI XORIJIY JURNALDA NASHR ETILDI

TOYLOQLIK O‘QITUVCHINING MAQOLASI XORIJIY JURNALDA NASHR ETILDI

Samarqand viloyati Toyloq tumani 33-umumta’lim maktabining musiqa fani o‘qituvchisi Rashidov Sardorning ilmiy maqolasi Gollandiyaning mahalliy jurnalida chop etildi. Rashidov Sardorga respublika ilmiy nashrlar markazi tomonidan esdalik nishoni hamda sertifikat topshirildi. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "YANGI YIL YULDUZLARI" musiqa va san’at tanlovi Respublika bosqichida ham 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Sardor Rashidovning kelgusi ishlariga omad tilaymiz.

комментариев