“Mahallada duv-duv gap”

Bugun Toyloq tumanidagi 4 ta sektorlar hududida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
    Xususan 3-sektor hududiga qarashli Shopo‘lot mahallasida o‘tkazilgan tadbirda yoshlar, nuroniylar, mahalla fuqarolari, maktab direktorlari hamd ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar, shuningdek, shoir va yozuvchilar, san’at sohasi vakillari ishtirok etishdi.
    O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirda so‘zga chiqqanlar 3-sektor rahbari Oybek Xo‘jamov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Ziyodulla Avazovlar tadbirning maqsadi va yurtimizda ma’naviyat sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yoshlar ma’naviyati va ularni turli axborot xurujlaridan asrash haqida so‘z yuritdi.
    Tadbir turli viktorina o‘yinlari, toyloqlik shoirlar ijrosidagi she’rxonlik dasturlari, san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bilan davom ettirildi.

комментариев