
Tumanimizdagi Qo'shchinor mahallasida Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun! shiori ostida o‘tkazilgan “Mahallada duv-duv gap” tadbirida tuman hokimligi vakili F.Mirboboyev, tuman prokurori yordamchisi A. Eshquvvatov, tuman kengashi deputati, "Qo‘shchinor" gazetasi muharriri M. Yo‘ldosheva, mahalla faollari, nuroniylar, din ulamolari yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish zarurligi haqida fikr bildirib o'tildi. Maqsad, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy bilimlarini oshirish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, yoshlar va xotin-qizlarning faolligini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarga keng aholi qatlamlarini jalb etish.

Tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
комментариев