» » Maktabda tajriba-sinov tariqasida kasb-hunarga o'qitish yo'lga qo'yildi

Maktabda tajriba-sinov tariqasida kasb-hunarga o'qitish yo'lga qo'yildi

Bugun MMTBga qarashli 62-maktab qoshida texnalogiya hamda tikuvchilikka ixtisoslashgan kasb-hunar markazining  ochilishi bo'lib o'tdi. Unda  Respublika Nuroniy jamg'armasi bo'lim boshlig'i X.Mirzajonova, tuman hokimi maslahatchisi F.Mirbabayev, tuman Nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi M.To'rayev, tuman Qo'shchinor gazetasi muharriri M.Yo'ldosheva hamda mahalla faollari o'qituvchilar,  Nuroniylar jamoatchilik kengashi qoshidagi Buvijonlar maktabi a'zolari ishtirok etdi.
  
—Tashkil etilgan markazda o'quvchilar o'zlarining bo'sh vaqtlarini kasb-hunar o'rganishga sarflaydilar. Kelajakda o'z o'rnilarini topishga zamin bo'ladi,-deydi maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o‘rinbosari F. Doliyev.
  Darsdan tashqari vaqtlarda o'quvchi yoshlar malakali hunarmand va tikuvchilardan kasb sir-asrorlarini egallashmoqda. Ayni vaqtda markazda ishlar avjida.  Yigirmaga yaqin o'quvchilar  kasb-hunar o'rganishmoqda.

комментариев