NAZM VA NAVOGA OSHUFTA DILLAR

Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri  Alisher Navoiy tavlludining 583 yilligi  hamda shoir, tarixchi va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kunning 541 yilligiga  bag‘ishlab «Nazm va navo» deb nomlangan badiiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
 Markaz direktori o‘rinbosari A. Qobilov kirish so‘zi bilan ochgan  tadbirda o‘quvchilar tomonidan buyuk siymolar ijodi va faoliyati aks etgan sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari Ziyodullo Salimov, Ilhom Sirojiddinov va boshqalarning jozibali kuy va qo‘shiqlari yig‘ilganlarga bir olam zavq  bag‘ishladi.

M. DONIYOROV,
tuman madaniyat bo‘limi xodimi.

комментариев