"BIZ NAVOIY AVLODLARI"

     Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.   Shu munosabat bilan bugun Toyloq оlimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining ona tili va adabiyoti fan o'qituvchilari tomonidan "BIZ NAVOIY AVLODLARI" nomli badiiy kecha bo'lib o'tdi. Tadbirda Olimpiya markazi ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari A.Qobilov Navoiy bobomiz haqida iliq fikirlar bildirib, tadbirni boshlab berdi.  Ushbu tadbirda o'quvchilarimiz buyuk bobokalonimizning ijod namunalarini tarannum etishdi.Tadbir so'ngida Toyloq tumani Madaniyat bo'limi vakillari tomonidan Navoiy g'azallari kuylandi.

комментариев