» » Toyloq tumanida "Eng namunali mahalla raisi" ko'rik tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi

Toyloq tumanida "Eng namunali mahalla raisi" ko'rik tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi

    Bugun, Toyloq tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-402-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 22-bandi hamda Respublika mahallalarni qo‘llab-quvvatlash kengashining 2024-yil 31-yanvardagi 1-sonli majlis bayonida “Eng namunali mahalla raisi” tanlovini o‘tkazish to'g'risidagi qarori bo'yicha tanlovning tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
     Tanlovda sektor bosqichlarida g'olib bo'lgan mahhalla raislari tuman bosqichi uchun bellashishdi.
     Uch shartdan iborat tanlovda “Jalolobod” mahallasi raisi Ilhom Ziyoyev tuman bo'yicha 1-oʻrinni egallab, tanlovning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qo'lga kiritdi.

комментариев