Shopoʻlotliklar orzusi ushaldi

Shopoʻlot mahallasi aholisi uchun uzoq kutilgan orzu roʻyobga chiqdi. Mahallada 120 oʻrinli yangi davlat maktabgacha taʼlim muassasasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Mazkur tadbirda tuman hokimi Behzod Raxmatullayev, tuman prokurori Abdurahmon Abdullayev, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi O‘lmas Usmonov, faxriy nuroniylar, mehnat faxriylari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar yangi muassasaning zamonaviy shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishilib, bolalar uchun moʻljallangan o‘quv va mashgʻulot xonalari, yotoqxona, oshxona, tibbiyot va boshqa yordamchi xonalar zamon talablari asosida jihozlangani taʼkidlandi. 
Yangi maktabgacha taʼlim muassasasi hududdagi maktabgacha yoshdagi bolalarni sifatli taʼlim-tarbiyaga jalb etish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев