64 nafar talaba diplomli bo`ldi

    Bugun Toyloq pedagogika kollejining kunduzgi hamda dual ta`lim yo`nalishi bitiruvchi talabalariga diplomlari tantanali ravishda topshirildi. 
    Tadbirda kollejning bitiruvchi talabalari, kollej pedagog-o`qituvchilari ishtirok etishdi. Kollejning kasbiy ta`lim bo`yicha direktor o`rinbosari I.Qo`chqorov bitiruvchilarga kelgusidagi faoliyatlariga omadlar tilab tadbirni ochib berdi. Talabalar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi, shundan so`ng, jami 64 nafar talabaga diplomlari topshirildi.

комментариев