» » Toyloqda 8,9 gektar yer maydonida “Kichik sanoat zonasi” tashkil etilgan

Toyloqda 8,9 gektar yer maydonida “Kichik sanoat zonasi” tashkil etilgan

Kichik sanoat zonasi tumanning  Bog‘izog‘on mahallasida joylashgan bo‘lib,  23 ta lotlar E-auksion savdolari orqari tashabbuskorlarga investision majburiyatlari belgilangan holda sotilgan bo‘lib, bugungi kunda 4 ta loyihada to‘liq qurilish ishlari amalga oshirilgan.
    Jumladan:
- “ALMA ORGU” MCHJ tomonidan O‘simliklar uchun mineral preparatlar ishlab chiqarish loyihasi;
- "TOYLOQ IPAGI"MCHJ tomonidan Pilla mahsulotlarini qayta ishlash;
- "GRAND PERILLA NERJAVIKA" XK tomonidan Tom uchun mo‘ljallangan PET qoplamalar (leksan) ishlab chiqarish;
- "HAMZA STORY PLUS 777" MCHJ tomonidan Qurilish mollari ishlab chiqarish.
    Qolgan 19 ta lotlarda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
   Bugun tuman hokimi kichik sanoat zonasida bo‘lib, tadbirkorlar bilan uchrashdi. Ularga qurilish ishlarini o‘z vaqtida yakunlash, loyihalarni tezroq ishga tushirish va ko‘proq ishchi o‘rni yaratish borasida takliflarini berdi.

комментариев