TOYLOQLIK IJODKORGA EHTIROM!

Tumanimizning iste’dodli ijodkori Salomat Mamatqulova salkam yarim asrlik ijodiy faoliyati davomida  bir qator she’riy  to‘plamlari,  «Qalbimdagi Vatan», «Yalangto‘sh  tutgan yo‘lbars», «Hukmdorning buyuk armoni», «Taqdirning shum kechmishi» tarixiy romanlarini yaratgan. Shuning uchun ham, O'zbekiston Yozuvchilar a'zosi Salomat Mamatqulovaning  Viloyat Axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan ijodiy kechasiga respublikamizning turli chekkalaridan ijodkorlar tashrif buyurdilar. O‘zbekiston Xalq artisti Erkin Komilov, Respublikada xizmat ko‘rsatgan jurnalist, senator F.Toshev, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T.Tugalov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toyloq tuman bo‘linmasi rahbari Z.Avazov va boshqalar yozuvchi asarlari haqida fikr yuritib, kitobxonlarga ularni o‘qishni tavsiya qildilar. Anjuman yakunida S.Mamatqulova tadbir ishtirokchilariga samimiy minnatdorchiligini bildirdi.


Kanalga obuna bo'ling👉👉👉@toyloq_manaviyat

комментариев