HASHAR-ELGA YARASHAR

Xalqimizda dunyoning boshqa xalqlari o‘rganadigan, havas qilsa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlari talaygina. Shulardan biri — bu hashar. Hashar — bu ijtimoiy hamkorlik va beg‘araz yordam shakllaridan biri. Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko‘ra tozalik, ozodalik, ko‘cha-xiyobonlarni obod qilish, daraxtlarga ishlov berish, atrof-muhitni ozoda-sarishtaligini ta’minlash kabi ishlar bajariladi. 2024-yil 16-18 mart kunlari yurtimizda “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.
 Toyloq tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli umumta'lim maktab xodimlari hasharga faol ishtirok etishdilar. Muassasa ichki va tashqi hovlilari supurildi, o‘t, has-hashakdan tozalandi, daraxtlar oqlandi.

комментариев