
Ayollar orasida sog‘lom turmush tarzi, diniy bilim va ko‘nikmalarni targ‘ib etishda din sohasi vakillari, shu jumladan, otinoyilarning o‘rni beqiyos.
Toyloq tuman hokimligi va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda 2 va 4-sektor hududidagi otinoyilar hamda mahalla xotin-qizlari faollari bilan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda tuman bosh otinoyisi Z.Ubaydova, “Ayollar targ‘iboti” guruhi rahbari M. Yo‘ldosheva, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Kambariddinovalar ishtirok etishdi.

Unda otinoyilarning faoliyati tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, tadbir davomida otinoyilar va mahalla hamkorligini yo‘lga qo‘yish, to‘y-ma’rakalarni ixchamlashtirish, isrofgarchilikning oldini olish, oila mustahkamligini ta’minlash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish kabi noxushliklarning oldini olishda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish haqidada so‘z yuritildi.
комментариев