Davlatimiz suverenitetining ramzlaridan biri – mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 33 yil to‘ldi.
Toyloq tumanida sana munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tuman sektorlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, yoshlar, sportchilar, mahallalar raislari, xotin-qizlar faollari, harbiylar, mehnat faxriylari ishtirok etgan tadbir davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Shundan so‘ng, tuman hokimi B.Bobonazarov so‘zga chiqib, barchani bugungi quvonchli kun bilan qutladi hamda “Bayrog‘im - faxrim, g‘ururim” mavzusida yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan insholar tanlovining g‘olibi 4-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Husnidabonu Hazratqulovani taqdirladi.
комментариев