» » ''Professional Taekwondo'' kamarining sohiblari

''Professional Taekwondo'' kamarining sohiblari

28- yanvar 3-fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasida ''Professional Taekwondo'' kamari bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi.
       Kamar uchun O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya federatsiyasidan sportchilar o‘zaro bellashdilar.
     
Quvonarlisi shuki, ''Professional Taekwondo'' chempionatiga jami 17 nafar samarqandlik sportchimiz qatnashayotgan bo‘lsa ularning 6 tasiga kamarga egalik qilish nasib qildi.
     
Samarqand viloyati An'anaviy Taekwondo-ITF Fediratsiyasi sportchilari 82 reyting ball bilan faxrli birinchi o‘rinni egallaturibdi.
    
Quyidagi sportchilarimiz  ''Professional Taekwondo'' kamarining sohiblari:
🏃🏻‍♀️‍➡️ 
Saidabonu Rahimboyova — 2017-2016-yilda tug‘ilgan sportchilar ustidan  5ta g‘alaba bilan 1-kamarni hisobimizga olib kelgan bo‘lsa,
🏃🏻‍♂️
Muhammadjon Mateyov— 2013-2014-yilda tug‘ilgan sportchilar ustidan 7 ta g‘alaba bilan jamoaga 2-kamarni,
🏃🏼‍♀️ 
Mehribon Bayonova— 2013-2014-yilda tug‘ilgan sportchi-raqiblari ustidan 5 ta g‘alaba bilan jamoamizga 3-kamarni,
🏃🏻‍♀️‍➡️
Sarvinoz Nuraliyeva— 2010-2011-yilda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida 5 ĝalaba bilan 4-kamarni,
🏃🏼‍♀️
Pokiza Bayonova— 2009-2008-yilda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida 6 ta g‘alaba bilan jamoaga 5-chi kamarni taqdim etdi.
🏃🏻‍♀️‍➡️
Abdulhayova Shabona esa 2007-1991-yilda tuĝilgan sportchilar o‘rtasida 7 g‘alaba bilan jamoaga 6- yaʼni oxirgi kamarni O‘zbekiston hisobiga olib kirdi.

    
Sportchilarimizning kelgusidagi faoliyatlariga omad tilab g‘oliblik bilan qutlab qolamiz.

комментариев