» » Xitoylik investorlar Toyloqqa qiziqish bildirmoqda

Xitoylik investorlar Toyloqqa qiziqish bildirmoqda

     Joriy yilning yanvar oyida Toyloq tuman hokimi B.Babonazarov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Respublikasida bo‘lgani haqida xabar qilgan edik. 
      B.Babonazarov Xitoylik tadbirkorlarga Toyloqdagi mavjud imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar mavjudligi haqida aytib, investitsiya kiritish maqsadida tumanimizga taklif qilgan edi.  
     Taklifga ko‘ra bugun bir guruh Xitoy Respublikasining yetakchi tadbirkorlari Toyloqda bo‘ldi.
     Delegatsiya aʼzolari  so‘nggi yillarda faoliyati to‘xtab qolgan tumandagi ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, kelgusida ishlab chiqarishni qayta ishga tushirish va imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilib olishdi. Shuningdek, tumandagi erkin iqtisodiy zona faoliyatini ham yo‘lga qo‘yish, turli ixtisoslikka ega tadbirkorlik obyektlarini barpo qilish ustida kelishuvlarga erishilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt

комментариев