» » Zulfiyaxonim tavalludiga bag'ishlandi

Zulfiyaxonim tavalludiga bag'ishlandi

Shopo‘lot mahallasidagi madaniyat markazida Toyloq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan "Balli qizlar" tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
    Unda tuman hokimi Bahodir Bobonazarov,  Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘limi rahbari Z. Avazov,  tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi mudiri O'. Usmonov, tuman  ayollar targ‘ibot guruhi rahbari M. Yo‘ldosheva, ishtirok etib, tanlov ishtirokchilariga omad tiladi.
"Balli qizlar" tanlovida 4ta shart asosida bellashgan qatnashchilar hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi.
Tanlov yakunida tadbir ishtirokchilarining hammasi g‘olib deb topilib,  Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan tanlov ishtirokchilariga tuman kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Kanalga qo‘shiling:👇
@qushchinor_uz

комментариев