OGOHLANTIRISH XATI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  Statistika agentligi direktorining 2024-yil 15-oktabrdagi 10-mb-son qarori 63-son ilovaga asosan, Siz rahbarlik qilayotgan korxona  tomonidan 1-kb shakli (yillik) “Mikrofirma va kichik korxonaning 2024-yil uchun hisoboti” joriy yillning 10-mart sanasidan kechiktirmay taqdim etishlishi belgilangan.
Sizdan, mazkur davlat statistika hisobotini internet tarmog‘idan foydalangan holda Davlat statistika hisobotini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan                 e-Stat 4.0 (http://hisobot.stat.uz) axborot tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi.
Aks holda, Sizga va (yoki) davlat statistika hisobotini topshirishga mas‘ul bo‘lgan mansabdor shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasi birinchi qismdagi huquqbuzarlik uchun ma’muriy ish qo’zg’atilishi (eng kam ish haqining  7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi) to’g’risida ogohlantiramiz.
Shuningdek, kelgusi hisobot davrlarida ham davlat statistika hisobotlarini topshirish muddatini buzsangiz yoki hisobot ma’lumotlarini buzib ko’rsatsangiz, Sizga va (yoki) korxonaning davlat statistika hisobotini topshirishga mas’ul bo’lgan mansabdor shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasi birinchi qismidagi huquqbuzarlik uchun umumiy asoslarda javobgarlik masalasi ko’rib chiqilishini ta’kidlaymiz.
Bundan tashqari, Belgilangan boshqa turdagi davlat statistika hisobotlarini kechiktirmay xato va kamchiliklarsiz, to‘g‘ri topshirilishini nazoratga olishingiz zarurligini eslatib o’tamiz.
Toyloq tuman statistika bo‘limi
Murojaat uchun telefonlar
+998(55)701-80-00, (93)354-64-74

комментариев