
Xususan, Tadbirkorlarning korrupsiyaga uchrash ehtimolini kamaytirish uchun "bir darcha" tamoyilini yanada takomillashtirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda raqamlashtirish va shaffoflikni oshirish orqali inson omili ta’sirini kamaytirish.
Shuningdek, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va tadbirkor va ishbilarmonlar uchun teng sharoitlar yaratish, hech qanday ma’muriy to‘siq va tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik muhim.
Korrupsiyaga qarshi kurashish – bu bir kunlik jarayon emas, balki uzluksiz islohotlar va qat’iy siyosiy iroda talab etadigan jarayon. O‘zLiDeP safida deputat sifatida biz ham shaffof va adolatli biznes muhitini yaratish, xususiy sektor va tadbirkorlarni korrupsiya ta’siridan himoya qilish hamda davlat idoralarida ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash masalalarida faol ishtirok etishni davom ettiramiz.
Deputatlar tadbirkorlar, fuqarolar va jamoatchilik bilan birgalikda harakat qilsak, korrupsiyaga qarshi samarali kurasha olamiz va adolatli jamiyat barpo qilamiz!
Mo‘tabar Yuldosheva
Xalq deputatlari
viloyat Kengashi deputati
комментариев