» » 22-mart-"Mahalla tizimi xodimlari kuni" munosabati bilan Toyloq tumani hokimi Bahodir Babonazarov soha fidoyilariga sana munosabati bilan tabrik yo`lladi.

22-mart-"Mahalla tizimi xodimlari kuni" munosabati bilan Toyloq tumani hokimi Bahodir Babonazarov soha fidoyilariga sana munosabati bilan tabrik yo`lladi.

Hurmatli soha fidoyilari!

Avvalambor, Sizlarni kirib kelgan yangilanish yosharish fasli Navro'zi olam bilan tabriklayman. Mahalla–asrlar osha milliy urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlab, xalqimiz uchun ezgulik va tarbiya beshigi, yaxshi qo‘shnichilik va hamjihatlik maskani bo‘lib kelmoqda. Mahallada kelajak avlod ulg‘ayadi. Olim ham, shifokor ham, quruvchi va san’atkor ham mahalladan yetishib chiqadi. Shu bois azaldan xalqimizda “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona” degan naql bor. Bugun Prezidentimiz tashabbusiga ko‘ra, mahallalarda yangi tizim ish boshladi. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuzilib, joylarda uning boshqarma va bo‘limlari tashkil etildi. Mahallalarda esa “mahalla yettiligi” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, fuqarolar bilan ishlashning yangi mexanizmi asosida amaliy ishlar qilinayapti.
Jumladan, Toyloq tumanidagi 50 ta mahallalarda ham bugun “mahalla yettiligi”ning hamjihat va hamfikrliligi bois aholining mahallaga, mahalla xodimlari orqali davlatga yanada ishonchi mustahakamlanmoqda. Bu ishlar avvalo bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, xotin-qizlar, yoshlar, nuroniy otaxon va onaxonlarimizga manzilli yordam ko‘rsatish, fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, kambag‘allikni qisqartirish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan uyg‘un holda olib borilayotgani diqqatga sazovordir.
 Mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, mahallaning obodligi va xavfsizligi, tinch va farovonligi yo‘lida mehnat qilayotgan qadrli mahalla tizimi xodimlari! Sizlarni 22-mart-Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman!  Hamisha mahallangiz tinch, oilalarda yaxshi kunlar ko‘p bo‘lsin!

комментариев