
Navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvida ishtirok etgan Toyloq tuman hokimi, Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati B. Babonazarov mahallaning uyushmagan yoshlari bilan ochiq va samimiy muloqot qildi. Tuman hokimi dastlab, bugun yoshlarning ilm olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasalarida shartnoma asosida o‘qishlari uchun berilgan imtiyoz va yengilliklar haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shundan so‘ng, tuman hokimi yoshlarning savol, fikr va takliflarini tingladi. Ulardan kelib tushgan murojaatlarni tegishli tartibda ro‘yxatga olib, hal etish choralarini izladi, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
комментариев