» » DO‘STLIK VA QARDOSHLIK RISHTALARI MUSTAHKAMLANDI

DO‘STLIK VA QARDOSHLIK RISHTALARI MUSTAHKAMLANDI

     Tojikiston Respublikasi Panjakent shahri raisi Abduxoliq Holiqzoda boshchiligidagi bir guruh delegatsiya Toyloq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, chorvachilik, parrandachilik hamda ishlab chiqarishdagi yutuqlari bilan tajriba almashish maqsadida  tumanimizga tashrif buyurishdi.
     Mehmonlar tuman hokimi Bahodir Babonazarov tomonidan Samarqand-Panjakent chegara postida ko‘tarinki ruhda kutib olindi.
     Mehmonlar aholining tomorqadan unumli foydalanishi va yuqori daromad olish, ishsizlikni kamaytirish, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tizimi bilan yaqindan tanishishdi. Uchrashuv chog‘ida Tepaqishloq mahallasida bo‘lishib, aholi xonadonlarida malinachilikni rivojlantirish va  yil davomida 2-3 marotaba hosil olib, yuqori daromad manbaiga erishish yuzasidan tajriba almashishdi.
Delegatsiya a`zolari Talliota mahallasidagi xonadonlarning yerdan unumli foydalanishda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tumanning eksport salohiyati yuqori bo‘lgan sanoat va ishlab chiqarish korxonalariga tashrif jarayonlaridan foto lavhalar
   Mehmonlar sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasida bo'lib, stansiyada yetishtirilayotgan 21 turdagi sabzavot, poliz va kartoshka navlari bilan yaqindan tanishib, kelgusida ilmiy hamda amaliy hamkorlik qilishlarini bildirishdi.
      Delegatsiya azolarining navbatdagi manzili tumanda invitro ko‘chatlarini yetkazuvchi issiqxona bo‘ldi.
      Isssiqxonada buyurtma asosida bir necha turdagi mevali daraxt ko‘chatlarini yetishtirib, ichki bozorlar, aholi tomorqalariga yetkazib berilishi tog`risida, shuningdek issiqxonaning afzal tomonlari hamda faoliyati to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.  Delegatsiya aʼzolari tomonidan kelgusida issiqxona bilan o‘zaro shartnoma tuzish va noqulay ob-havo sharoitlariga chidamli ko‘chatlar yetishtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
     Toyloqdagi yirik fermer xo‘jaligi hisoblangan "Siyob-Shavkat-Orzu" fermer xo‘jaligining chorvachilik kompleksi delegat aʼzolari uchun navbatdagi manzil bo‘ldi.
Ushbu kompleks asosan sut yo‘nalishiga ixtisoslashgan.  Tojikistonlik mehmonlar fermer xo‘jaligining faoliyatiga katta qiziqish bildirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt

комментариев