yoxud tomorqasidan tilla undirib, mahalladoshlarga o‘rnak bo‘layotgan Umar otaning tajribasi xususida

Keyingi yillarda tumanimizda aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan sabzavot mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish maqsadida to‘qsonbosti usulida piyoz, sarimsoqpiyoz, sabzi va kichik sig‘imli issiqxonalarda turli oshko‘klar yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Tepaqishloq mahallasida tomorqaga yaxshi niyat bilan baraka urug‘ini qadab yil davomida ro‘zg‘or to‘kinligini ta’minlayotgan mirishkorlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Mahalla raisi Nuridiin aka Sobirov bilan mahallani kezar ekanmiz, har bir xonadonda yetilib kelayotgan ekinlardan kishini bahri dili ochiladi. Mahalla drayveri malinachilik bo‘lishiga qaramay, har bir xonadonda issiqxona tashkil qilinib bahorning ilk oylari yaxshigina daromad olinmoqda. Umar ota Jo‘raqulov ana shunday ishning ko‘zini biladigan dehqonlar sirasiga kiradi. Otaxon yetmishga yetgan bo‘lsada mehnatdan qaytgisi yo‘q. U hamda farzandlari Sherali Jo‘raqulov hamda Toir Jo‘raqulovlar 7 sotixli tomorqasining 5 sotixida issiqxona qurib, mo‘l hosil olish arafasida. Noyabr oyining o‘rtalarida katta daromadni ko‘zlab yerga qadalgan sabzi urug‘i bugun bozorbop bo‘lib turibdi.

—Farzandlarim va nabiralarim bilan birga mehnat qilamiz. Issiqxonadan yiliga ellik million so‘mdan ortiq daromad olamiz, -deydi Umar ota, — Hozir birinchi ekinni yig‘ishtirib olish arafasidamiz. Sabzining donasini 1100-1200 so‘mdan sotib, yaxshi daromad olishni mo‘ljallayapmiz. Keyingi ekinda ham yerni bo‘sh qoldirish niyatimiz yo‘q sabzini yig‘tirib olgach bulg‘or qalampirini ekamiz taxminan to‘rt ming dona ko‘chat ekamiz. Hosilni 9000-10 000 atrofida sotishni niyat qilib turibmiz.
Ayni paytda Umar otaning tomorqa yerida to‘qsonbosti usulida ekilgan 5 sotix sabzi pishib yetilgan. Erta bahorda bozor rastalarini birinchilardan bo‘lib sabzi bilan ta’minlaydigan ota sabzining har donasini 1200-1500 so‘mdan sotib mo‘may daromad olishni ko‘zlamoqda. Haqiqatan ham to‘qsonbosti ekinlari erta bahorda barvaqt unib chiqadi va quyosh nuriga to‘yinib, tez yetiladi.
Shu kunlarda tumanimizning barcha fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa xo‘jaliklarida ekilgan to‘qsonbosti ekinlarni sug‘orish, oziqlantirish ishlari nihoyasiga yetkazilgan. Bu esa xalqimiz dasturxonini erta bahordanoq ertagi sabzavotlar bilan to‘ldirish imkonini beradi.
Azizjon Orzimurodov, O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Toyloq tuman kengashi apparat rahbari.
комментариев