
Tanlovda viloyatning turli tuman va shaharlaridan kelgan tajribali hamshiralar ishtirok etishdi. Ular nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarini taqdim etishdi va turli nominatsiyalar bo‘yicha baholandi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, Zilola Davronova (Toyloq tuman tibbiyot birlashmasi KTMPga qarashli Sochak QPPsida patronaj doya) ‟Istalmagan homiladorlikni oldini olish” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni egalladi. 13 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan Zilola opa bemorlarga mehr bilan yondashuvi, kasbiga sadoqati va ilg‘or ish uslublari bilan e’tiborli bo‘ldi. Uning sanitariya-profilaktika ishlarini tashkil etishdagi faoliyati, yosh hamshiralar bilan olib borayotgan murabbiylik faoliyati ham hakamlar hay’atining yuksak bahosiga sazovor bo‘ldi.
G‘olib hamshira viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, u respublika bosqichida ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

Toyloq tuman tibbiyot birlashmasi Axborot xizmati
Кanalga qo‘shiling:👇
👉 https://t.me/toyloqttb1_uz
комментариев