» » Toyloq olimpiya markazida respublika o‘quv-seminari boshlandi

Toyloq olimpiya markazida respublika o‘quv-seminari boshlandi

Bugun Toyloq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida (OPSTT)  qisqa muddatli respublika  o‘quv-seminari start oldi. Unda barcha viloyatlardan 52 nafar ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va sport vazirligining mutaxasislari ishtirok etishmoqda.
Seminar Sport vazirligining bo'lim boshlig'i F.Turdiyev tomonidan ochib berildi va semenar davomida direktor o'rinbosarlari tomonidan ma'naviy qadryatlar va ularning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati, milliy g'urur va o'zlikni anglash, ma'naviyat va zamonaviy texnologiyalar haqida maruzalar muhokama qilindi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar Toyloq OPSTT markazi faoliyati, zamonaviy sport infratuzilmalari va innovatsion yondashuvlar bilan tanishishdi. Ushbu seminar uch kun davom etadi va tizimdagi ilg‘or tajribalarni almashish hamda amaliy yechimlar topishga xizmat qiladi.

комментариев