
Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir.

9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tganlar xotirasi yodga olinib, keksa avlod vakillari ulug‘lanadi. Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yiladi.

Har yilgidek bu gal ham Toyloq tumanidagi Xotira maydoni gavjum bo‘ldi. Mahzun musiqa sadolari ostida Toyloq tuman hokimligi, sektorlar rahbarlari, huquq-tartibot idoralari, korxona, tashkilot, muassasalar, yoshlar, Afg‘on urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari tomonidan motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi hamda Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
комментариев