» » "KEKSALAR O'GITI – YOSHLARGA IBRAT

"KEKSALAR O'GITI – YOSHLARGA IBRAT

Toyloq tuman 35-maktabda Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi va Nuroniylar kengashi bilan hamkorlikda "Keksalar o'giti - yoshlarga ibrat" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda  faxriy ustozlar, mahalla faollari, muassasa o'qituvchi va o'quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir davomida A.Xudoyqulov, R. Pardayev, T. Mirzayev, S. Karimov, A. Meliqulov  "Do’stlik" mahalla Nuroniylar kengashi faollari, o'zlarining boy malaka tajribalaridan, taʼlim-tarbiya berishda katta avlod vakillarining tutgan o‘rni,  hayotiy tajribalari, millatimizning urf-odatlari, tarixi va madaniyatini bilishlari muhim ahamiyat kasb etishi tushuntirib o'tishdi. Maktab o’quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari yig’ilganlarni mamnun etdi.
Latofat Husenova.

комментариев