» » “N.OSIYO MED” xususiy klinikasi foydalanishga topshirildi

“N.OSIYO MED” xususiy klinikasi foydalanishga topshirildi

   Toyloq tumanidagi G’o’lba mahallasida qad rostlagan mazkur zamonaviy  tibbiyot muassasasining ochilish marosimiga tuman hokimi Bahodir Babonazarov, mahalla faollari,  nuroniylar qatnashdilar.  
    Tadbirkor N. Eshonqulov tomonidan bunyod etilgan klinika 50 oʻringa moʻljallangan boʻlib,  terapiya, kardiologiya, nevrologiya, zamonaviy laboratoriya kabi boʻlimlar, zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan ta'minlangan.    
     Tibbiyot muassasasida 20 nafar ishchi o'rni yaratilib, doimiy ish bilan band qilindi. 
      Bundan tashqari aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda fizioterapiya, UZI, EKG, ExoKG, statsionar, ambulator, kunduzgi statsionar kabi bir qator tibbiy xizmatlar yoʻlga qoʻyildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt

комментариев