O’zbekiston Mahallalari uyushmasi raisi Quronboyev Qahramon Qo’chqorovich Toyloq tumanida mahallalarni faoliyat samaradorligini oshirish bo'yicha tuman hokimi Behzod Raxmatullayev bilan uchrashuv o'tkazdi.Uchrashuv davomida Toyloq tumanida:
✔️Mahalla binosiga ega bo'lmagan 1 ta mahallaga yangi mahalla markazi binosini qurib berish;
✔️Nuroniylar va Yoshlar markazini qurish uchun 4 millard so’m Respublika uyushma jamg'armasidan pul mablag'i ajratish;
✔️M-39 avtomagistral yo’l bo'yida xizmat ko'rsatish loyihalarini amalga oshirish uchun 50 ta loyihani Respublika uyushma jamg'armasidan moliyalashtirish manbasida amaliy yordam ko'rsatish;
✔️Toyloq tumanida Pillachilikni rivojlantirish va pilla yetishtirish ilmini oshirish uchun 10 nafar pillachi mutaxassislarni Vetnam davlatiga malaka oshirishga yuborish bo'yicha kelishildi.
TOYLOQ TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATIBizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram |

комментариев