
Toyloq tumani Ispandi qishlog‘ida joylashgan Abdulloh ibn Abdurahmon Doramiyning maqbara-majmuasi turizm salohiyati yuqori bo‘lgan madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan .

Imom al-Buxoriyning ustozi bo‘lgan Abdulloh ibn Abdurahmon Doramiy qo‘nim topgan maqbara-majmua hududini obodonlashtirish va turizm maskaniga aylantirish va sayyohlarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev va taniqli olim, tarixchi, matnshunos Komilxon Kattayev, tuman bosh imomxatibi, imomlar hamda tuman faollari mazkur ziyoratgohda bo‘ldi.

Keyingi yillarda mazkur ziyoratgoh va uning atrofini obod qilish, bu yerda mangu orom topgan Abdulloh ibn Abdurahmon Doramiy haqidagi manbaalarni o‘rganish va keng tadqiq etishga alohida e'tibor qaratish qayd etildi.
Tuman hokimi mas’ullarga ko’rsatma va o‘z takliflarini berdi.
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube
комментариев