
Toyloq tumanida ta’lim sohasida muhim qadam tashlandi – 300 o‘rinli “Edunova” xususiy maktabi o‘z faoliyatini boshladi.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi B. Raxmatullayev, nuroniylar, ta’lim fidoyilari, o‘qituvchilar hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ta’lim sifatini yanada oshirish, yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish masalalari haqida so‘z yuritildi.
Yangi maktabning ochilishi tumanda yoshlarning sifatli ta’lim olishi, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish hamda zamon talablariga mos kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Edunova” xususiy maktabi o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarga ega bo‘lib, zamonaviy sinfxonalar, innovatsion ta’lim uslublari va yuqori malakali pedagoglar bilan faoliyat olib boradi.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ushbu dargoh yoshlarning bilim olishi, ma’naviy va intellektual kamolotida muhim maskanga aylanishiga ishonch bildirishdi.
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram |
комментариев