Dala seminari bo‘lib o‘tdi

Jalolobod mahallasidagi “Turob bobo” fermer xo‘jaligi hududida “Sho‘rlanish va qurg‘oqchilikka chidamli noanʼanaviy ekinlar urug‘larini ko‘paytirish tizimini yaratish orqali iqlimga chidamlilikni mustahkamlash” mavzusida fermerlar hamda tomorqa yer egalari uchun mo‘ljallangan dala seminari tashkil etildi.
Seminar Toyloq tumani hokimligi, Samarqand davlat universiteti, Tottori universiteti (Yaponiya) hamda JICA BLUE-SATREPS loyihalari hamkorligida o‘tkazildi.
Ishtirokchilar qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan olim Rustam Rahimov boshchiligida “Turob bobo” fermer xo‘jaligida tashkil etilgan tajriba uchastkasida yangi nav urug‘larni yetishtirish jarayonlari bilan tanishdilar.
Tadbirda JICAning O‘zbekistondagi vakili Akiko Wakui, Tottori universiteti Qishloq xo‘jaligi fakulteti vakili Kinya Akashi, BLUE-SATREPS loyihasi sub-koordinatori Naoko Matsuo, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiya instituti dotsenti Zulfiya Sultanova so‘zga chiqib, noanʼanaviy ekinlarning o‘sish-rivojlanish xususiyatlari va hosildorlik ko‘rsatkichlari haqida fikr bildirdilar. Ular sho‘rlangan tuproqlarda bunday ekinlarni keng targ‘ib qilish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha vazifalarni belgilab oldilar.
Tuman hokimi B. Raxmatullayev seminar ishtirokchilari va hamkor tashkilotlarga minnatdorlik bildirib, noanʼanaviy ekinlarni fermer xo‘jaliklarida keng tatbiq etish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish taklifini ilgari surdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram |

комментариев