» » "Oson ish" mobil ilovasi ishga tushirildi

"Oson ish" mobil ilovasi ishga tushirildi

Toyloq tumanidagi Kunlik ishchilar mehnat faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markazda "Oson ish" mobil ilovasining taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, Toyloq tumani hokimi Behzod Raxmatullayev, Samarqand tumani hokimi hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
    Viloyat hokimi Adiz Boboyev  tadbirni kirish so'zi bilan ochib, endilikda ishlash istagini bildirganlar uyda o'tirgan holda "Oson ish" ilovasi orqali ish topishlari mumkinligi haqida aytib o'tdi.
    Tumandagi "Oson ish" tez va ishonchli ish topish markazida ish izlovchi fuqarolar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo'lib, unda yotoqxona, ma'naviyat va kutubxona, oshxona, yuvinish xonasi hamda kutish zallari mavjud.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook

комментариев