Toyloq tumanida “Tabiatni asrash – insonni, Vatanni asrash demakdir” nomli ko‘chma foto va tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🇺🇿Tadbir Toyloq tumani musiqa maktabi faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni tuman hokimi Bexzod Raxmatullayev olib bordi.
🖼 Tadbirda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi boshqaruvi a’zosi– Abdusaid Ko‘chimov, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi Latipov Isfandiyor Xudoyorovich, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari bosh muharriri, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi boshqaruv kengashi raisi vazifasini bajaruvchi O‘tkir Rahmatov, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari Asomiddin Mardiyev, Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Xushvaqtov, viloyat Ekologik partiya Kengashi raisi Xo‘jaqul Muxammadiyevlar ishtirok etdilar.
Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand, Narpay, Oqdaryo, Pastdarg‘om tumanlari bo‘lim raislari, mahalla fuqarolar yig‘ini va ta’lim muassasalari vakillari ham ishtirok etdilar.♻️ Yig‘ilishda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatni muhofaza qilish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
✅ Tadbir yakunida ishtirokchilar tabiat va ekologiya sohasida hamkorlikni kuchaytirish, yoshlarda tabiatga muhabbat va mas’uliyat tuyg‘usini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt

комментариев