» » 45-DMTTda “Tabiat bolalar nigohida” nomli ko‘rik-tanlov tashkil etildi

45-DMTTda “Tabiat bolalar nigohida” nomli ko‘rik-tanlov tashkil etildi

 Mazkur tanlov bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda iqtidorli yosh rassomlarni aniqlashga qaratildi.
Tanlovning asosiy maqsadi – maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ularda badiiy-estetik didni shakllantirish, tabiatga nisbatan mehr-muhabbat va ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalashdan iborat. Shuningdek, ushbu tadbir orqali bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrash g‘oyalarini singdirish, tabiat go‘zalligini tasviriy san’at orqali ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Tanlov davomida tarbiyalanuvchilar tabiat manzaralari, fasllar go‘zalligi, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda ona tabiatni asrashga bag‘ishlangan turli ijodiy ishlarini namoyish etdilar. Bolalarning ishlari rang-barangligi hamda ularning tabiatga bo‘lgan samimiy munosabatini aks ettirishi bilan alohida ajralib turdi.

комментариев