» » Hashar — ezgulik va hamjihatlik timsoli! 🌿

Hashar — ezgulik va hamjihatlik timsoli! 🌿

Samarqand viloyati Toyloq tumani MMTB tasarrufidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida umumxalq xayriya hashari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Hashar davomida maktab hududi obodonlashtirilib, gul ko‘chatlari hamda mevali va manzarali daraxtlar ekildi. Shuningdek, mavjud daraxtlar oqlanib, yerlar yumshatildi va hudud yanada ozoda hamda fayzli holatga keltirildi.

Mazkur xayrli tashabbus ta’lim maskanini yanada obod qilish, tabiatga mehr va e’tibor ko‘rsatish hamda jamoa birdamligini mustahkamlashga xizmat qildi.

“Tabiatga qilingan har bir yaxshilik — kelajak avlodga qoldirilgan bebaho merosdir.”
“Bir daraxt eksang, ming savobga erishasan.”

“Obod maskan — obod kelajak poydevori.”

🌱 Obod yurt — farovon hayot garovi!

комментариев