Joriy yilning 23-fevral kuni 57-umumta’lim maktabida “Robo-Coding” olimpiadasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.Olimpiadaning maqsadi o‘quvchilarni sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlariga qiziqtirish, ushbu yo‘nalishda iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni munosib rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish.
Umumta’lim maktablarning 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Robo-Coding” olimpiadasida 20-umumta’lim maktabining jamoasi birinchi o‘rinni egallab, viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

комментариев