» » Bugun tumani hokimi Behzod Raxmatullayev sochaklik fuqarolar bilan uchrashdi

Bugun tumani hokimi Behzod Raxmatullayev sochaklik fuqarolar bilan uchrashdi

Uchrashuvda mahalla faollari,  nuroniylar,  probatsiya hisobida turuvchi yoshlar qatnashdi. 
Tuman hokimi dastavval tumanda amalga oshirilayotgan ishlar haqida, obodonlashtirish ishlari, aholiga daromad keltiruvchi tadbirkorlik faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, tuman prokurori vazifasini bajaruvchi R.Hakimov, tuman IIB boshlig'i E.Raxmatovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son hamda “Mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–2-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shundan so‘ng, tuman hokimi aholining taklif va qiynayotgan masalalarida quloq tutdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

комментариев