Toyloq tumanidagi dehqon bozorida aholi salomatligini mustahkamlash, bemorlar uchun zarur bo‘lgan qon zaxirasini oshirish maqsadida donorlik aksiyasi tashkil etildi. Ushbu tadbirda fuqarolar faol ishtirok etib, insonparvarlik va hamjihatlikning yorqin namunasi namoyon bo‘ldi.Aksiya maxsus tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan zamonaviy avtobusda o‘tkazildi. Malakali shifokorlar va hamshiralar tomonidan barcha sanitariya-gigiyena talablari asosida donorlar ko‘rikdan o‘tkazildi hamda qon olish jarayoni xavfsiz tarzda amalga oshirildi.
Tadbir davomida jami 30 nafar ko‘ngilli donor qon topshirdi. Ularning bu ezgu tashabbusi ko‘plab bemorlarning hayotini saqlab qolishga xizmat qilishi shubhasiz.

комментариев